Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Yosh yuristlar” g‘olib

18 Yanvar 2022, 10:01

1456

IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Bellashuvda “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlardan iborat “Ma’muriy amaliyotchilar”, “Yosh yuristlar” va “Avtomagistral” jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Hakamlar hay’ati kursantlarning nazariy bilimlarini test sinovi, tezkor savol-javob va jumboqli masalalarni yechish orqali baholab bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Yosh yuristlar” jamoasi viktorina g‘olibi, deb topildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech