Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yosh pedagog xodimlar uchun o‘quv yig‘ini boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgusgdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktyabrdagi “Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan pedagogik tayyorlash kursiga o‘qituvchilik lavozimiga tayinlangan xodimlar jalb qilingan.
O‘quv yig‘ini doirasida pedagogik faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, o‘qituvchining kommunikativ kompetentligi, muammoli-ta’lim texnologiyalari, modulli o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar, nutq texnikasi va notiqlik madaniyati, pedagogning innovatsion faoliyati, bu borada mamlakatimiz va xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlari, yosh o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga tayyorlash kabi muhim yo‘nalishlarda seminar-trening hamda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Malaka oshirish kurslari ta’lim muassasasining ko‘p yillik amaliy va ilmiy-pedagogik tajribaga ega professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayapti.
Mashg‘ulotlar yakunida pedagog kadrlarni tayyorlash kursi tinglovchilari sinov o‘quv mashg‘ulotlari hamda test sinovi topshiradilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati