Içki işlar organlari tizimida ötkazilgan “Yoş kitobxon” tanlovi sovrindorlari taqdirlandi. Yoşlar ijod saroyida bölib ötgan tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Yoşlar işlari agentligi, Içki işlar vazirligi vakillari, ma’naviyat tarğibotçilari, Yoşlar ittifoqi Toşkent şahar kengaşi faollari iştirok etdi.
Aytiş joizki, körik-tanlovning respublika bosqiçi 22-23-fevral kunlari Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilib, unda hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan öttiz nafardan ziyod iştirokçi qatnaşdi. Yoş kitobxonlar “Badiiy asar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” turlari böyiça özaro bellaşdilar.
Qizğin ruhda ötgan tanlovning 15–19 yoşdagi iştirokçilari örtasida birinçi örin IIV Akademiyasi kursanti Kamronbek Ismoilovga, ikkinçi örin IIV Samarqand akademik litseyi öquvçisi Sevinç Obrievaga, uçinçi örin esa IIV 2-sonli Toşkent akademik litseyi öquvçisi Javohir Muhitovga nasib qildi. Şuningdek yoş xodimlar (20–30 yoş) örtasida keçgan tanlovda faxrli örinlarni Toşkent viloyati IIBB JXX YHXB katta inspektori, kapitan Azamat Axmatov, IIV Akademiyasi öqituvçisi, kapitan Odilbek Örinov va Andijon viloyati IIB JXX HPB psixologi, leytenant Karimjon Abdurahmonov egalladi. Ğolib va sovrindorlar diplom, pul mukofoti, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan an’anaviy ravişda ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoş avlodning intellektual salohiyati, dunyoqaraşi va ma’naviyatini yuksaltiriş, içki işlar organlarida kitobxonlik madaniyatini oşiriş bilan birga, iqtidorli yoşlar safini kengaytirişga xizmat qilişi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati