28-aprel kuni IIV Akademiyasida “Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşning dolzarb muammolari” mavzuyida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Anjuman IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati, Transport vazirligi Avtomobil yöllari qömitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Markaziy kengaşi, “Avtotest-Report” mas’uliyati çeklangan jamiyati, şuningdek qator yetakçi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Tadbir avvalida ilmiy-amaliy anjumanning dolzarb ahamiyati, mamlakatimiz yöllarida harakat xavfsizligini ta’minlaşning hozirgi holati, bu borada amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar ta’kidlab ötildi.
Soha vakillari öz ma’ruzalari orqali tizimdagi ayrim muammolar, xususan, yöl harakati iştirokçilarining madaniyatini oşiriş, avtomaktablarda öqitişning zamonaviy mexanizmlarini keng joriy qiliş, avtomobillar tinrbandligining oldini olişda ilğor xorijiy davlatlar tajribasini qöllaş, atrof-muhitga zararlarni kamaytiriş, ilmiy yondaşuv asosida yöl-transport hodisalarining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş masalalariga batafsil töxtalib ötdilar.
Şuningdek 2022-yil davomida respublikamiz avtomobil yöllarida sodir etilgan yöl-transport hodisalari tahlil qilinib, yeçimini kutayotgan muammolar böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati