Kadrlarning boşqaruvçanlik fazilatlarini şakllantiriş murakkab jarayon. Ayniqsa global yangilanişlar röy berayotgan hozirgi şaroitda har bir soha faoliyatining samaradorligi bevosita uşbu omilga boğliq.
IIV Akademiyasi magistraturasida ta’lim olayotgan tinglovçilar uçun “Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va zamonaviy rahbar” öquv moduli doirasida davra suhbati taşkil etildi. Unda içki işlar vaziri maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, vazirlik Faxriylar kengaşi a’zosi Abduğafur Sattorov, şuningdek Akademiya rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda tinglovçilar iştirok etdi.
Davra suhbati avvalida ta’lim muassasasi rahbari Rustam Xatamov söz olib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz içki işlar organlari tizimida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, eng avvalo, sohani aholi bilan yaqin hamkorlikda işlaşga yönaltiriş orqali xalqçil tuzilmaga aylaştiriş, kadrlarning professional salohiyati va kasbiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilganini alohida ta’kidladi. Akademiya magistraturasida ilğor yondaşuvlarning yölga qöyilgani zamonaviy boşqaruv kadrlarini tayyorlaşga xizmat qilayotgani aytib ötildi.
Tadbirda rahbarlikka xos fazilatlar, faoliyatni boşqariş va rivojlantirişning asosiy omillari, içki işlar organi rahbaridan talab etiladigan zarur kasbiy könikmalar, jamoani boşqariş, kadrlarni tanlaş, joyiga qöyiş va lavozimga tayinlaş, şuningdek turli nostandart vaziyatlarda boşqaruvni samarali amalga oşirişning öziga xos jihatlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
– Ötgan yillar mobaynida mamlakatimiz içki işlar organlari rivojlanişning muhim bosqiçlarini bosib ötdi, – dedi Zokirjon Almatov. – Biroq islohotlarning hozirgi sur’atini bundan avvalgi davr bilan taqqoslab bölmaydi. “Yangi Özbekistonda – yangi içki işlar organlari” tamoyili asosida tizimning ma’naviy-ijtimoiy qiyofasi tubdan özgarib bormoqda. Boşqaruvning ma’muriy usullari örniga xalqçil mexanizmlar amaliyotga joriy qilinmoqda. Bunday şaroitda rahbarlikka tayinlangan har bir xodim öz faoliyatining mazmun-mohiyatini özgartirişi, zamonga mos qadam taşlaşi kerak. Şundagina davlatimiz rahbari ta’kidlagan ustuvor maqsadlarga erişamiz.
Muloqotda liderlikka xos qobiliyatni şakllantiriş, bilimli va taşabbuskor böliş, xizmatga yuqori mas’uliyat bilan vijdonan yondaşiş, içki işlar organlari şa’niga putur yetkazuvçi illatlardan xalos böliş borasida tinglovçilarga tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati