Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi yil dasturxoniga

27 Dekabr 2023, 09:12

579

IIV Akademiyasida oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar va ularning oila a’zolariga qulaylik yaratish maqsadida tashkillashtirilgan yarmarkada 50 turdan ortiq mahsulot taqdim etildi.

Turli xil shirinliklar, mevalar, ichimliklar, go‘sht, poliz va sabzavot mahsulotlarining nisbatan arzon narxlarda savdoga qo‘yilgani xaridorlarga manzur bo‘ldi. Eng muhimi, xodimlarga bayram kayfiyati ulashildi.

IIV Akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech