Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan davra suhbati sirqti ta’lim yönalişi tinglovçilarining huquqiy bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Toşkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslaştirilgan filiali bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvçi Dilfuza Abdullayeva mavzuga batafsil töxtaldi.
Xususan, kodeksda belgilangan yangi normalarning ahamiyati, qöşimça imtiyoz va imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tuşuntirildi. Mutaxassis yangi kodeksni işlab çiqişda köplab davlatlarning tajribasi va Xalqaro mehnat taşkilotining konvensiyalari örganilgani, muhimi, xodim va iş beruvçining huquq hamda majburiyatlari töliq jahon standartlariga moslaştirgan holda belgilab qöyilganini alohida ta’kidladi.
Davra suhbatida Akademiyaning Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi vakillari ham söz olib, yangi tahrirdagi qonunçilikda içki işlar organlarida mehnat munosabatlarini taşkil etişga qaratilgan normalar haqida öz fikr-mulohazalarini bildirişdi. Tadbir iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati