Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston To‘marislari

05 Mart 2025, 05:03

100

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rik-tanlov aynan shu nom bilan ataldi.

Unda Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Xalqaro islom akademiyasi va IIV akademiyasi kursant va talaba qizlari o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari ikki shart bo‘yicha intellektual salohiyati va o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi. Jamoa aʼzolarining har bir chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli chiqishlar, sahna ko‘rinishlariga boy tarzda o‘tgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra IIV Akademiyasining “Bahor gullari” jamoasi “Eng matonatli jamoa”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Jasorat malikalari” jamoasi “Eng kreativ jamoa”, Bojxona institutining “Tumor” jamoasi “Eng iqtidorli jamoa” va Xalqaro islom akademiyasining “Neo To‘maris” jamoasi “Eng ijodkor jamoa” nominatsiyalariga sazovor bo‘lishdi.

Taqdirlash marosimida so‘z olganlar tomonidan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar masalasiga katta eʼtibor qaratib kelinayotgani, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni har tomonlama zamonaviy bilimlarni mukammal egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, shuningdek yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir navqiron avlod sifatida voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiq ekanligi eʼtirof etildi.

Ko‘rik-tanlov yakunida ishtirokchilariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech