Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

YANGI AVLOD RAHBAR KADRLARI xalqçil islohotlar samarasini ta’minlaydi

1 Sentyabr 2022, 18:48

2825

Tadbirni ta’lim muassasasi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov kiriş sözi bilan oçdi.

Sönggi yillarda mamlakatimiz içki işlar organlarini isloh etişga qaratilgan keng kölamli yangilanişlar amalga oşirildi. Ayniqsa içki işlar organlarini aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlaştiriş, tizimni çinakam xalqçil tuzilmaga aylantiriş maqsadida kadrlar tayyorlaşning zamonaviy mexanizmlari amaliyotga tatbiq qilindi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2021-yil 15-apreldagi “Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida ta’limning magistratura yönalişi taşkil etilib, yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlaş yölga qöyildi.

Bitiruv tadbirida içki işlar vaziri örinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov soha xodimlarining intellektual va kasbiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, jangovar-jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan tizimli işlarga töxtaldi.

– Içki işlar organlari faoliyatiga mutlaqo yangiça iş uslublari joriy qilinmoqda, – dedi A. Ikramov. – Bunday şaroitda zamonaviy bilim va kasbiy tayyorgarlikka ega, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan rahbar kadrlarga ehtiyoj tobora oşib bormoqda. Davlatimiz rahbarining qarorida ham içki işlar organi rahbarlar tarkibining tegişli lavozimiga tayinlanişi uçun xodimlarning Akademiya magistraturasida öqişi şartligi alohida belgilab qöyildi. Şundan kelib çiqib, magistraturada öquv jarayoni milliy va xalqaro tajribaning ilğor jihatlariga tayangan holda zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etildi.

Ta’kidlab ötilganidek, dastlabki öquv yilida magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv” hamda “taşkiliy-taktik boşqaruv” yönalişlariga 149 nafar nomzod öqişga qabul qilindi. Tinglovçilar içki işlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatini taşkil etiş va boşqarişga yönaltirilgan modulli tizim asosida ta’lim oldilar. Bunda har bir öquv moduli yakuni böyiça malakaviy amaliyotlar taşkil qilinib, nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim sifatini oşiriş maqsadida maşğulotlarga davlat hokimiyati va boşqaruv organlari vakillari, nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olim va ekspertlar, şuningdek içki işlar vaziri örinbosarlari, vazirlik sohaviy xizmatlari rahbarlari, Akademiya rahbariyati va professor-öqituvçilari jalb qilindi.

Tinglovçilar IIV sohaviy xizmatlari, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, Respublika sud ekspertizasi markazida bevosita birinçi rahbarlar murabbiyligida malakaviy amaliyot ötadilar. Magistrlik ilmiy-tadqiqot işlarini tayyorlaşda esa Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz, Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Özbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Boş prokuratura akademiyasi bilan yaqin hamkorlik yölga qöyildi. Bundan taşqari, Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi hamda Turkiya Respublikasida qisqa muddatli öquv yiğinlari taşkil qilinib, tinglovçilarning rahbarlik va boşqaruvga doir könikmalari mustahkamlandi.

Bitiruv tadbirida rahbar kadrlar oldida turgan ustuvor vazifalar ham ta’kidlab ötildi. Yangidan-yangi tahdidlar vujudga kelayotgan hozirgi davrda içki işlar organlarining kuç-vositalarini oqilona boşqariş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş natijadorligini oşiriş, ayniqsa aholi muammolarini hal qilişda har bir rahbar xodim özining yuksak vatanparvarligi, sadoqati va mas’uliyatini namoyon etişi kerakligi alohida qayd etildi.

– Içki işlar xodimi, eng avvalo, xalqparvar bölişi kerak, – dedi içki işlar vaziri maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov. – Odamlarning dardu taşvişi bilan yaşab, muşkulini oson etişga, tinç-osoyişta hayotini ta’minlaşga hissa qöşsangiz, jamiyatda obro‘-e’tibor qozonasiz. Muhtaram Prezidentimiz “rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga xizmat qilişi kerak”, degan edilar. Siz, aziz bitiruvçilar ana şu mas’uliyatni doimo his etib, yuksak bilim va şijoatingiz bilan barçaga örnak bölişingiz kerak.

Şundan söng öqişni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga diplomlar topşirildi. General-mayor Azizbek Ikramov, general-polkovnik Zokirjon Almatov, polkovnik Rustam Xatamov bitiruvçilarni muborakbod etib, kelgusidagi xizmat faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladilar. Tantanali tadbirda bitiruvçilar ham sözga çiqib, ona Vatanimiz, xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ulkan işonçni munosib oqlaşga va’da berdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech