Bugun, 5-iyun kuni IIV Akademiyasida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining yiğilişi bölib ötdi. Unda Içki işlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti vakillari, Akademiya rahbariyati, komissiya a’zolari va bitiruvçi kurs kursantlari iştirok etdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazirlik departamentining Ta’lim jarayonini taşkil etiş boşqarmasi boşliği örinbosari Farrux Bozorov, Akademiya boşliği örinbosari Ruftullo Nigmatov, Öquv-uslubiy boşqarma boşliği Tölqin Mamatqulov sözga çiqdilar. Şundan söng yakuniy davlat attestatsiyasini taşkil etiş va ötkaziş böyiça qabul qilingan buyruqlar öqib eşittirildi.
Aytiş joizki, joriy öquv yilida Akademiya kunduzgi ta’limini tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, ekspert-kriminalistika, xizmat faoliyatini psixologik ta’minlaş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş hamda jinoiy jazolarni ijro etiş faoliyati mutaxassisliklari böyiça ta’sil olgan kursantlar tamomlaydi. Bitiruvçilar 5-iyundan 23-iyunga qadar “Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, “Xorijiy til” va mutaxassisliklar böyiça fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topşirib, malakaviy bitiruv işlarini himoya qiladilar.
Yiğiliş yakunida komissiya raislari va a’zolariga imtihonlarni adolatli va şaffof ötkaziş, kursantlarning bilim va malakalarini xolisona baholaş böyiça tegişli talablar yetkazildi. Şundan söng dastlabki imtihonlar boşlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati