IIV Akademiyasida ayni mavzudagi davra suhbati bölib ötdi. Tergov faoliyati kafedrasi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda tajribali amaliyot xodimlari, kunduzgi ta’lim kursantlari, ilmiy tadqiqotçilar iştirok etdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining “Işni sudga qadar yuritişda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida amaliyotga Yagona tergov axborot tizimi joriy qilingan edi. Bundan közlangan maqsad tergov faoliyatini raqamlaştiriş va işni sudga qadar yuritiş jarayonida yagona elektron hujjat almaşinuvi tizimini yölga qöyişdir.
Davra suhbatida IIV huzuridagi Tergov departamenti vakillari söz olib, Yagona tergov axborot tizimining imkoniyatlari, undan foydalanişda axborot xafsizligi, şu jumladan, ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlaş, suriştiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oşiruvçi davlat organlari hamda taşkilotlarning vazifalari haqida batafsil tuşunça berib ötişdi.
Tadbir sönggida “tergov faoliyati” ixtisoslik yönalişini tamomlayotgan kursantlar kelgusidagi xizmat faoliyatlariga oid savollarga javob olişdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati