Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BILAN IŞLAŞ FAOLIYATI TAKOMILLAŞTIRILADI

31 Oktyabr 2022, 18:17

2831

28–31-oktyabr kunlari Içki işlar vazirligi akademiyasida xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlar uçun öquv-seminar taşkil qilindi.

Içki işlar vazirligi farmoyişiga binoan ötkazilgan qisqa muddatli öquv yiğiniga Toşkent şahar IIBB hamda tumanlar IIO FMBlarining xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlari, şuningdek IIV Akademiyasi öqituvçilari jalb qiindi.

Öquv yiğini mobaynida “Oila-turmuş doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş”, “Oilalarda soğlom turmuş tarzini mustahkamlaş”, “Oila-turmuş doirasidagi nizolarning oldini olişda psixologik bilimlarning tutgan örni”, “Biz – oilaviy zöravonlikka qarşimiz!”, “Öz huquq va majburiyatingizni bilasizmi?”, “Yot ğoyalarga qarşi birgalikda kuraşaylik!” kabi mavzularda ma’ruza hamda seminar maşğulotlari ötkazildi.

Şuningdek Özbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini beriş, ijrosini ta’minlaş va monitoring olib boriş töğrisida”gi Nizomning mazmun-mohiyati atrofliça tuşuntirildi.

Maşğulotlar Akademiyaning tajribali professor-öqituvçilari, jumladan, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boşliği, polkovnik  Ş. Mamadaliyev, Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlaş kafedrasi professori G. Matkarimova, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi professori Q. Abdurasulova, Tarbiyaviy-psixologik faoliyati  kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvçi N. Turğunova hamda boşqa malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Muxtasar qilib aytganda, uç kun davom etgan öquv yiğini soha xodimlari faoliyatining samaradorligini oşiriş, jamiyatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan profilaktik işlarni yanada takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech