Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xodimlarga sertifikat berildi

29 Mart 2025, 07:03

148

27–29-mart kunlari IIV akademiyasida korrupsiyaga qarshi o‘quv-seminar tashkil qilindi.

Soha xodimlarining korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlash, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish o‘quv-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.

Uch kun davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va akademiya vakillari tomonidan “Korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning omillari”, “Manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish choralari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari”, “Ichki ishlar organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish yo‘llari”, “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati” hamda boshqa mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar yakunida tinglovchilardan sinov qabul qilinib, ularga sertifikatlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech