Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

XITOY XALQ RESPUBLIKASI DELEGATSIYASI BILAN UÇRAŞUV

23 May 2023, 21:33

1997

IIV Akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Yuqori darajada ötgan muloqotda ta’lim muassasasida barpo etilayotgan “Innovatsion ta’lim fondi” loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari muhokama qilindi.

Özbekistonning yetakçi iqtisodiy hamkorlaridan biri bölgan Xitoy ulkan salohiyatga ega davlat hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga köra, mamlakatlarimiz örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi bugungi kunda 9 milliard dollarga yetgan. Muhimi, ikki tomonlama munosabatlar özaro işonç va manfaatlarni teng hisobga oliş qadriyatlari asosida jadal rivojlanib bormoqda.

Akademiya rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi Xalqaro iqtisodiy hamkorlik boşqarmasi boşliği örinbosari janob Zeng Hua Çengni qutlar ekan, manfaatli loyihani amalga oşirişga qiziqiş yuqori ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

– Özbekiston va Xitoy munosabatlarida mustahkam işonç va samimiy döstlik ruhi ustuvorlik kasb etadi. Ikki mamlakat ham strategik şeriklikni yuksak darajada qadrlagan holda barça sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa global xavfsizlikka erişiş, barqaror iqtisodiy ösiş sur’atlarini ta’minlaş, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik xavf-xatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş, bu borada mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etişda tomonlar muştarak maqsadlarni közlaydi, – dedi Akademiya boşliği Rustam Xatamov.

Öz navbatida janob Zeng Hua Çeng samimiy va döstona ruhdagi uçraşuv uçun minnatdorlik bildirdi. Uning qayd etişiça, ötgan davr mobaynida “Innovatsion ta’lim fondi” qurilişini jadallaştiriş borasida qizğin iş olib borildi. Hukumatlararo kelişuvlar asosida loyiha hujjatlari işlab çiqilib, tegişli tartibda ekspertizadan ötkazildi. 2022-yilning dekabrida Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi va Özbekiston Içki işlar vazirligi örtasida ikki tomonlama bitim imzolandi. Hozirda inşoot barpo etiladigan yer maydoni, loyiha-smeta hujjatlari va boşqa texnik topşiriqlar böyiça yakuniy töxtamga kelingan. Xitoy tomoni loyihani belgilangan muddatda va yuqori sifatda qurib berişdan manfaatdor.

Muloqot davomida Xitoy Xalq Respublikasining grant mablağlari hisobidan barpo etilayotgan mazkur loyihaning ahamiyati, texnik-iqtisodiy jihatlari xususida fikr almaşildi. Tomonlar Markaziy Osiyoda muqobili bölmagan “Innovatsion ta’lim fondi” zamonaviy imkoniyatlari hamda istiqboldagi ulkan loyihalarga yöl oçişi bilan muhimligini e’tirof etişdi.

Şu kuni delegatsiya a’zolari Akademiya ta’lim jarayoni bilan ham tanişdilar. Kadrlar tayyorlaşning ilğor yondaşuvlari, tinglovçi va kursantlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, “Smart-Akademiya” platformasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, ayniqsa raqamli ta’limni rivojlantirişga qaratilgan istiqbolli loyihalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech