Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari magistrlar bilan uchrashdi

30 Aprel 2024, 11:04

657

IIV akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati tergov faoliyatiga oid islohotlar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Departament boshlig‘i Ramazon Ashrapov muhtaram Prezidentimiz rahbarligida inson manfaatlari, xalq roziligi yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga to‘xtaldi.

Keyingi yillarda ichki ishlar organlari faoliyati tubdan o‘zgargani, jamiyatimizda qonun ustuvorligi qat’iy mustahkamlagani, tergov faoliyatida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq qilingani ta’kidlandi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Tergov departamenti faoliyati, kadrlar siyosati yo‘lida olib borilayotgan o‘zgarishlar, zamonaviy rahbarlarga qo‘yilayotgan talablar haqida fikr bildirib, tinglovchilar savollariga javob berdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech