Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vazifalar ijrosi muhokama qilindi

20 Aprel 2022, 10:04

1058

IIV Akademiyasida davlatimiz rahbarining 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika sohasini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi mutasaddilari, soha mutaxassislari, shuningdek ta’lim muassasasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur qarorda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish, ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining bu boradagi imkoniyatlarini oshirish maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Yig‘ilishda Ekspert-kriminalistika bosh markazi Saidolim Nuriddinov so‘zga chiqib, sohadagi dolzarb vazifalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida zamonaviy ekspert-kriminalistika jihozlari va texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv-laboratoriya kompleksini tashkil etish, soha uchun kadrlar tayyorlashda ilg‘or yondashuvlarni tatbiq qilish, bakalavriat dasturi bo‘yicha “Raqamli kriminalistika asoslari” fani o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga to‘xtaldi.

Ishchan ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlarining axboroti tinglandi, istiqboldagi muhim vazifalar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech