Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qildilar.
Maskandan o‘rin olgan eksponatlar, ayniqsa “Matonat madhiyasi” majmuasi, “Ko‘z yoshi” kompozitsiyasi hamda “Shon-sharaf” muzeyi yoshlarning ona Vatanimizga sadoqat, tarixda o‘chmas iz qoldirgan bobolarimiz jasoratiga cheksiz hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, tinchlikday bebaho ne’matning qadriga yetishga undadi.
Tadbir davomida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va g‘oyasi asosida barpo etilgan maskan faoliyati, Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati