IIV Öquv-dala markazida ötkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ana şu şiorga bağişlandi. Unda Akademiya kunduzgi ta’lim 1-öquv kursi kursantlari, saf qismi ofitserlari, professor-öqituvçilar va Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti faollari iştirok etdi.
Tadbir Prezidentimizning beş muhim taşabbusi asosida taşkil qilingan kitob yarmarkasi bilan boşlandi. Özbek milliy adabiyotining eng sara namunalari, jahon adabiyoti durdonalari, qolaversa, yuridik sohaga oid turli-tuman qöllanmalar kitob mutolaasiga qiziquvçilar uçun ayni muddao böldi.
Körgazma ona Vatanimizni tarannum etgan konsert dasturiga ulandi. Akademiya badiiy havaskorlik tögaragi a’zolari ijrosidagi qöşiq va raqslar, qiziqarli sahna körinişlari tadbir iştirokçilariga ulkan zavq ulaşdi.
Şu kuni kursantlarga yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida taşkil qilingan tögaraklar, öquv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy yönalişda amalga oşirilişi rejalaştirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati