Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan davra suhbati va bellaşuv ötkazildi

13 Yanvar 2023, 19:32

1816

IIV Akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi taşabbusi bilan bölib ötgan tadbir Vatan himoyaçilari kuniga bağişlandi.

Kafedra professor-öqituvçilari, öquv-saf qismi ofitserlari va kursantlar iştirok etgan tadbir avvalida polkovnik Ibrohimjon Mahmudov söz olib, mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltiriş, professional milliy armiyani şakllantiriş orqali davlat xavfsizligi va çegaralarimiz daxlsizligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida töxtaldi.

Ta’kidlab ötilganidek, hozirgi murakkab şaroitda yoşlarning harbiy-vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Mazkur yönalişdagi işlarni samarali taşkil etiş maqsadida qabul qilingan konsepsiyada yoşlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ular qalbiga Vatan himoyasi şarafli va muqaddas burç ekanini çuqur singdirişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilab berildi. Şundan kelib çiqib, IIV Akademiyasida soha uçun kadrlar tayyorlaş, kursant yoşlarning professional bilim va mahoratini yuksaltiriş, ta’lim jarayoniga harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ta’sirçan mexanizmlarini tatbiq etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Şu kuni kafedra qoşidagi “Harbiy fanlar bilimdoni” iqtidorli kursantlar tögaragi a’zolari iştirokida bellaşuv ham ötkazildi. Jangovar qurolni qismlarga ajratiş va yiğiş, nişonga öq otiş şartlari böyiça taşkil etilgan bahslar yakunida birinçi örin 326-guruh kursanti Ruslan Kuşkunbayevga, ikkinçi örin 117-guruh kursanti Dilnoza Jumanazarovaga va uçinçi örin 326-guruh kursanti Jahongir Ravşanbekovga nasib etdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech