Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vakillarimiz jamoaviy uçinçi, şaxsiy birinçilikda esa ikkinçi bölişdi

20 May 2023, 20:53

1824

18-19-may kunlari Mudofaa vazirligiga qaraşli “Çirçiq” poligonida öq otiş böyiça musobaqa bölib ötdi.

Içki işlar vazirligi taşabbusi bilan soha xodimlarining kasbiy va jangovar tayyorgarligini oşiriş maqsadida ötkazilgan musobaqada vazirlik tarkibiy hamda hududiy bölinmalari xodimlari özaro kuç sinaşdi.

Musobaqa nizomiga köra, iştirokçilar “Kalaşnikov” avtomatidan nişonga öq uziş böyiça merganlik mahoratlarini namoyiş etdilar. Ğoliblar jamoaviy va şaxsiy birinçilik natijalari asosida saralab olindi.

Musobaqaning jamoaviy bahslarida Farğona viloyati IIB vakillari birinçi örinni egallagan bölsa, Jizzax viloyati IIB xodimlari ikkinçi va IIV Akademiyasi jamoasi uçinçi örinni band etdi. Quvonarlisi, Akademiya Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta öqituvçisi, podpolkovnik Iskandar Boydadayev şaxsiy birinçilikda eng yaxşi natijalardan birini qayd etib, yakunda ikkinçi öringa sazovor böldi.

Sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech