19-22 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyatida dzyudo faxriylari örtasida mamlakat oçiq çempionati bölib ötdi.
Musobaqada mezbon jamoadan taşqari, Tojikiston, Qozoğiston, Ozarbayjon, Armaniston va Özbekiston vakillaridan iborat tört yuz nafarga yaqin iştirokçi sovrinli örinlar uçun kuraş olib bordi.
Terma jamoamiz tarkibida Jamşid Fayziyev, Rustam Saidov, şuningdek IIV Akademiyasidan Dilşod Çoriyev va Sergey Petryaninlar tatamiga çiqdilar. Musobaqa yakuniga köra, 81 kilogramm vazn toifasidagi iştirokçilar örtasida Sergey Petryanin barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, birinçi öringa sazovor böldi. 100 kilogramm vaznga ega dzyudoçilar bahsida esa yana bir vakilimiz Dilşod Çoriyevga ham teng keladigan raqib topilmadi. Turnir davomida terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini Rustam Saidov (90 kg) qöşib qöydi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyida Polşa mamlakati dzyudo faxriylari örtasidagi navbatdagi Jahon çempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli musobaqada ham terma jamoamiz vakillariga omad tilaymiz.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati