Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hujjatlar qanday tadqiq qilinadi?

23 Fevral 2022, 10:02

1317

Hujjatlarni kriminalistik tadqiq qilishning zamonaviy imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati “ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar uchun qiziqarli o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika markazi bosh markazi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi, shuningdek o‘quv dargohining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Bevosita muloqot jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda kriminalistik ekspertizalarning dolzarb ahamiyati, hujjatlar bilan bog‘liq texnik-kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazish metodlari, sohadagi yutuqlar va muammolarning yechimlari yuzasidan bildirilgan fikrlar bilan davom etdi. Kursantlar kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech