Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

HUQUQIY JAMIYAT VA TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI

6 Dekabr 2021, 13:28

4014

Har qanday demokratik islohotlar samarasi jamiyatda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlaş bilan bevosita boğliq. Mustaqillik yillari milliy taraqqiyot yölimizda erişgan ulkan yutuqlarga nazar solsak, buning fundamental asosi va huquqiy negizini Asosiy qomusimiz taşkil etişini köriş mumkin.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari Milliy markazi mas’ul xodimlari, parlament a’zolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili, şuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti, Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti va Akademiya professor-öqituvçilari iştirok etdi.  

Anjuman avvalida ta’lim muassasasi boşliği Rustam Xatamov söz olib, Boş Qomusimiz taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasi va milliy davlatçilik tariximizning boy qadriyatlariga tayangan holda yaratilgani, fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barça asosiy ğoya va qoidalarini öziga singdirganini alohida e’tirof etdi.

– Yurtimizda keçayotgan islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlaş maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil hayotimizga çuqur tatbiq etilmoqda. E’tiborli jihati, strategiyada yurtimizdagi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz bu haqda töxtalib, “Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanişimizning yangi bosqiçini boşlab beradi. Biz bundan buyon faoliyatimizni “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida taşkil etamiz”, - deya alohida ta’kidladilar.  Buning ezgu samarasi Boş qomusimizda öz aksini topgan “xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladi”, degan uluğvor tamoyilning hayotimizda mustahkam qaror topişiga, jamiyatda inson omilini yuksak darajada qadrlaşga xizmat qiladi, – dedi Akademiya boşliği.

Ta’kidlab ötilganidek, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatimizning mustahkam poydevori sifatida yurtimiz fuqarolarining bugungi hayoti va ertangi kelajagini ta’minlaşda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Ötgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz mohiyatiga singdirilgan tamoyillarni hayotga izçil tatbiq etiş böyiça amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar Boş qomusimizning hayotbaxş qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Aynan şu sababli ham, Boş qomusimizni ehtirom bilan uluğlaşimiz, unga izçil amal qilişimiz, Asosiy qonunimizda mujassam bölgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoşlarimiz qalbiga çuqur singdirişimiz lozim.

Ilmiy-amaliy anjuman mehmonlari “Inson huquq va erkinliklarini himoyalaşda konstitutsiyaviy odil sudlov organi”, “Millatlararo hamjihatlik va dinlararo bağrikenglikning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari”, “Ombudsman institutining inson huquq va erkinliklarini ta’minlaşdagi roli”, “Yangi Özbekiston konstitutsiyaviy qonunçiligini takomillaştiriş istiqbollari” mavzularida ma’ruza qilib, Boş Qomusimizning mamlakatimiz taqdiri, jamiyat farovonligi, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilaşda beqiyos ahamiyat kasb etuvçi muhim hujjat ekanligini aytib ötdilar.

Akademiya ilmiy tadqiqotçilari, magistratura tinglovçilari va kunduzgi ta’lim bakalavriati kursantlari iştirok etgan ilmiy anjuman davomida ekspertlar tomonidan dolzarb fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Anjuman doirasida Axborot-resurs markazi qoşida kitob yarmarkasi ham taşkil qilindi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech