Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Özgariş” mahalla fuqarolar yiğinida huquqiy tarğibot tadbiri ötkazildi.
Uçraşuvda IIV Akademiyasi işçi guruhi rahbari, polkovnik Abdukarim Şodiev, mahalla fuqarolar yiğini raisi Ravşan Ernazarov va boşqalar söz olib, “barça sa’y-harakatlar inson qadri uçun” degan ustuvor ğoya asosida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtalib ötdilar.
Keyingi yillarda mahalla institutining jamiyatdagi örnini yuksaltiriş, quyi böğindagi muammolarni manzilli hal etiş borasida tizimli çora-tadbirlar körilayotgani, hududlardagi yangilanişlar aholining turmuş farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimiga joriy qilingan samarali mexanizmlar mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxşilaşga, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga xizmat qilayotgani aytildi.
Tadbirda mazkur faoliyatni yanada takomillaştirişda mahalla raislari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar va yoşlar masalalari böyiça faollar hamda profilaktika inspektorlarining hamkorligini kuçaytiriş, bu borada “fuqarobay” işlaş metodikasini amaliyotga joriy etiş böyiça tavsiyalar berildi. Şuningdek kriminogen vaziyatni doimiy ravişda örganib boriş, jinoyatçilikka imkon berayotgan omillarga qarşi profilaktik çora-tadbirlarni kuçaytiriş, aholi, ayniqsa yoşlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş yuzasidan taklif hamda tavsiyalar muhokama qilindi.
Şu kuni tumandagi kasb-hunar maktabida ham “Yangi Özbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirişda birlaşaylik!” mavzuida uçraşuv ötkazildi. Ta’lim maskani jamoasi, mahalla faollari va hududiy profilaktika inspektorlari iştirok etgan tadbirda korrupsiya illatini keltirib çiqarayotgan sabablar atrofliça muhokama qilinib, jamiyatda soğlom muhitni şakllantirişning asosiy yönalişlari, bu borada qabul qilingan dasturlarning mazmun-mohiyati tuşuntirib ötildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati