Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hushyorlik – hamjihatlik garovi

27 Yanvar 2022, 11:01

1246

Yurtimizda inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun. Ayniqsa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning tinch-osuda hayotini saqlashga ichki ishlar organlari xodimlari hamisha kamarbasta.

 Kuni kecha respublikamizning olis-yaqin hududlarida ro‘y bergan favqulodda vaziyat xalqimiz bardoshini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli texnogen ofat oqibatlari qisqa fursatda bartaraf etildi. Yurtdoshlarimizning obod hayoti iziga tushdi.

Mas’uliyatli kunlarda ichki ishlar organlari hodimlari hushyorlikni oshirgan holda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholiga har tomonlama ko‘mak berishga qaratilgan profilaktik tadbirlar hududlarning kriminogen vaziyatini barqaror saqlashga xizmat qilmoqda.

Xususan, poytaxtimiz ahlining tinch-osuda hayotini ta’minlashda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi shaxsiy tarkibi ham faol tashabbus ko‘rsatmoqda. Jamoat tartibini saqlash tadbirlarining hududiy ichki ishlar organlari bilan hamjihatlikda yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini bermoqda. Zero, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi, bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak”.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech