Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Uchinchi yig‘in yakunlandi

22 Aprel 2022, 07:04

1330

Bugun IIV Akademiyasida lavozimga yangi tayinlangan sektor rahbarlariga sertifikatlar topshirildi.

Qisqa muddatli seminar-trening davomida 44 nafar tuman (shahar) prokuratura, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha kasbiy malakalarini oshirdilar.

Mashg‘ulotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib sektor mas’ullari oldidagi dolzarb vazifalar asosida tashkil etildi. Shuningdek, tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida poytaxtimizning Olmazor, Sergeli, Yangihayot tumanlaridagi eng namunali sektorlar faoliyati o‘rganildi. O‘quv yig‘ini yakuni bo‘yicha ular test sinovlarini topshirdilar.

Tadbirda sertifikatlarni Davlat boshqaruvi akademiyasining birinchi prorektori Xudoyqul Azizov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Botu Alimov hamda IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov tantanali ravishda topshirdilar.

Ta’kidlash joizki, o‘quv yig‘ini davomida jami 169 nafar tuman, shahar prokuratura, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech