Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Tushimga kiradi Qodiriy bobom...”

03 Aprel 2022, 09:04

2232

Sevimli shoirimiz Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni ma’rifatparvar bobolarimizning ayanchli qismatiga bag‘ishlanadi.

Asarda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir singari ulug‘ ziyolilarimizning ichki kechinmalari, millat va xalq dardida yongan hasratlari ifodalangan. Qatag‘on yillaridan hikoya qiluvchi ushbu asar bugungi yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyati kasb etadi. 

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun “Qora quyosh” dostoni asosida tayyorlangan spektakl namoyish qilindi. Sahna ko‘rinishida rollarni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ijro etishdi. Tariximizning mudhish davrlari yoritilgan sahna asari tomoshabinlarga ulkan ma’naviy ozuqa berdi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech