Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TURKIYALIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN ÖQUV KURSI TAŞKIL ETILDI

25 Avgust 2023, 15:17

2047

Joriy yilning 21–24-avgust kunlari IIV Akademiyasida Turkiya Respublikasi IIV Xavfsizlik boş boşqarmasi hamda Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi bilan hamkorlikda öquv kursi taşkil qilindi.

Tezkor-qidiruv va tergov sohaviy xizmatlari vakillari, Akademiya ixtisoslik kafedralari professor-öqituvçilari uçun taşkillaştirilgan öquv kursi maşğulotlari turkiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Tinglovçilar axborot makonida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari va oldini oliş yöllari, kiberhujumlarni foş etiş va tergov qiliş usullari, kibermakonda şaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş, bu borada vakolatli davlat organlarining asosiy vazifalari, faoliyatni taşkil etiş xususiyatlari va tamoyillari, kiberxavfsizlikni ta’minlaşda qöllanilayotgan samarali yondaşuvlar, şuningdek, terrorizm xavfidan davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qiliş, zamonaviy terror usullarining oldini oliş yuzasidan fikr almaşib, Turkiya tajribasining öziga xos jihatlari haqida zarur könikmalarga ega böldilar.

Öquv kursining sönggi kunida turkiyalik mutaxassislar Akademiya faoliyati va yölga qöyilgan zamonaviy ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlarga ta’lim şakllari, mutaxassis kadrlar tayyorlaşga qaratilgan ixtisoslik yönalişlari, öqitişning ilğor mexanizmlari, ayniqsa kiberxavfsizlik böyiça joriy qilingan öquv dasturlari, ta’lim oluvçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi.  

Şundan söng öquv kursi tinglovçilariga sertifikatlarni topşirişga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi elçixonasi maslahatçisi Mustafo Avji, turkiyalik mutaxassislardan Mehmet Remzi Ekinçi, Lutfu Balçi, Akademiya rahbari Rustam Xatamov söz olib, mamlakatlarimiz örtasidagi yuksak hamkorlik aloqalarini e’tirof etişdi.

Özbekiston va Turkiya munosabatlarida strategik ahamiyatga molik masalalar ustuvor ahamiyat kasb etişi, özaro hamkorlik va tajriba almaşinuvining hozirgi bosqiçi zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatiga ilğor yondaşuvlarni keng tatbiq etiş, soha uçun professional kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida 76 nafar xodimga sertifikat topşirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech