Yurtimizga amaliy taşrifi doirasida Turkiya milliy politsiya akademiyasi boşliği örinbosari Fotih Inal boşçiligidagi delegatsiya Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanişdi.
Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlar ta’lim sohasida izçil rivojlanib bormoqda. Sönggi bir yilda özaro manfaatli aloqalarga xizmat qiladigan ikki tomonlama uçraşuvlar çoğida tajriba almaşinuvini kengaytirişga qaratilgan istiqbolli kelişuvlar amaliyotga tatbiq qilindi. Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş, soha xodimlarining malakasini oşiriş, ta’limga innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etiş borasidagi işlar sezilarli faollaşdi.
Galdagi uçraşuv ham hamkorlik memorandumi doirasida taşkil etildi. Turkiyalik mehmonlar dastlab öquv auditoriyalarida yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan tanişib, ta’lim jarayonini monitoring qiliş markazini közdan keçirişdi. Ayniqsa kursantlarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar orqali mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan maxsus avtobuslar mehmonlarning alohida e’tiborini tortdi. Delegatsiya vakillari sayyor sinfxona hamda kriminalistik ekspertizalar ötkaziş uçun möljallangan avtotransport vositalarining öziga xos imkoniyatlarini örganib, öquv jarayoniga tatbiq qilingan yondaşuvlarga yuqori baho berdilar.
Şundan söng mehmonlar Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, Axborot-resurs markazi, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida bölib, ta’lim maskanining taraqqiyot yöli, sönggi yillarda amalga oşirilgan ulkan islohotlar va tinglovçi-kursantlar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Şu yerning özida davlatimiz rahbarining qarorlari asosida içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş maqsadida ta’lim jarayonida yölga qöyilgan yangi mexanizmlar taqdimot tarzida namoyiş etildi.
Janob Fotih Inal buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan beqiyos hissasini e’tirof etib, faxriy mehmonlar kitobiga safar taassurotlari haqidagi samimiy sözlarini yozib qoldirdi.
Kunning ikkinçi yarmida ta’lim maskanlari rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov turkiyalik hamkasblarini qutlab, özaro aloqalarning bugungi holatiga yuqori baho berdi.
– Ikki tomonlama munosabatlarning jadal taraqqiy topayotgani xalqlarimiz örtasidagi azaliy riştalarga mustahkam işonç va yangiça ruh bağişlamoqda. Hamkorligimiz yuqori bosqiçga kötarilib, özaro manfaatli kelişuvlarga erişayotganimiz tizim uçun professional kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi R. Xatamov.
Öz navbatida, Fotih Inal ta’lim maskanlari örtasidagi hamkorlik özbekistonlik hamkasbining muhim taşabbus va sa’y-harakatlari evaziga izçil rivojlanayotganini alohida e’tirof etdi. Uning ta’kidlaşiça, hozirgi murakkab davrda tajriba almaşinuvini yanada kuçaytiriş, istiqbolli qöşma dasturlarni işlab çiqiş ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.
Ayni kunlarda Turkiya milliy politsiya akademiyasi vakillarining Özbekistonga taşrifi davom etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati