Yöl-transport hodisalariga oid jinoyat işlarini tergov qilişda bir qança turdagi ekspertizalar tayinlanadi. Şulardan biri transport-trasologiya ekspertizasi bölib, tergovçi uning natijasiga qarab yöl-transport hodisasi haqida muayyan xulosalarga keladi.
IIV Akademiyasining Tergov faoliyati kafedrasi tomonidan taşkil etilgan davra suhbati sud-tergov amaliyotida avtotexnika va transport-trasologiya ekspertizalari bilan boğliq ayrim muammolarga bağişlandi. Kunduzgi ta’limning “tergov faoliyati” ixtisoslik yönalişida tahsil olayotgan kursantlar, kafedra professor-öqituvçilari, yoş tadqiqotçilar iştirok etgan tadbirga Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, kapitan Omonboy Arabboev taklif qilindi.
Amaliyot xodimi yöl-transport hodisalari böyiça ekspertiza tayinlaşda suriştiruvçi va tergovçi tomonidan hal etiladigan savollar, hodisa joyida amalga oşiriladigan protsessual harakatlar, ayniqsa tergov eksperimentini ötkaziş, dalil va ma’lumotlarni töplaş, ularni çuqur tahlil qilişning ahamiyati va boşqa muhim jihatlarga töxtaldi. Ayni mavzuga oid kursantlarni qiziqtirgan köplab savollarga javob berdi.
Aytiş joizki, iş örganiş amaliyoti va bitiruvoldi ötkazilayotgan bunday tadbirlar kursantlar uçun nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlaş, ularda tanlagan sohasiga oid zarur kasbiy könikmalarni şakllantirişga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati