Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TOJIKISTON DELEGATSIYASI IIV AKADEMIYASIGA TAŞRIF BUYURDI

18 Iyul 2022, 21:37

2640

Tojikiston Respublikasi IIV Militsiya faoliyatini isloh qiliş böyiça milliy koordinatori, militsiya polkovnigi Xamdamzoda Valixon Xamdam boşçiligidagi delegatsiya rasmiy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida böldi.

Qöşni davlatdan taşrif buyurgan mehmonlar bilan taʼlim muassasasi rahbariyati iştirokida tor doiradagi uçraşuv bölib ötdi. Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov tojikistonlik hamkasblarini taʼlim muassasasiga taşrif buyurganliklari uçun minnatdorlik bildirib, özaro aloqalarning bugungi holatiga yuqori baho berdi.

– Bizning xalqlarimizni umumiy tarix, madaniyat va maʼnaviy qadriyatlar, özaro hurmat hamda yaxşi qöşniçilikning köp asrlik anʼanalari birlaştirib turadi. Bu yaqinlik Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi munosabatlar uçun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bölib xizmat qiladi. Hamkorligimiz yuqori bosqiçga kötarilib, özaro manfaatli kelişuvlarga erişilayotgani tizim uçun professional kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi R. Xatamov.

Şu bilan birga, sönggi yillarda ikki mamlakat Içki işlar vazirliklari örtasidagi aloqalar yangi bosqiçga kötarilib, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda özaro amaliy yordam körsatiş, qöşma tergov işlarini olib boriş, terrorizm, odam savdosi, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, noqonuniy migratsiya va boşqa turdagi xavf-xatarlarning oldini oliş hamda qator yönalişlarda samarali hamkorlik yölga qöyilgani eʼtirof etildi. Bu borada 2021-yilning 23-dekabrida Özbekiston va Tojikiston IIV Akademiyalari örtasida imzolangan memorandum özaro hamkorlikni rivojlantiriş barobarida, ikki tomonlama tajriba almaşiş, içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş hamda dolzarb muammolar böyiça ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşirişga imkon berişi bildirildi.

– Sönggi yillarda mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlar yana-da yuqori poğonaga kötarildi, – dedi Tojikiston Respublikasi IIV Militsiya faoliyatini isloh qiliş böyiça milliy koordinatori, militsiya polkovnigi Valixon Xamdamzoda – Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida aloqalarimiz barça sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi uçraşuv istiqboldagi hamkorlikni rivojlantiriş yölida muhim qadam böladi.

Şuningdek, Valixon Xamdamzoda xalqlarimizni tarix sinovidan ötgan mustahkam qardoşlik va ahil qöşniçilik riştalari boğlab turganligi, hamkorlik munosabatlari jadal surʼatda rivojlanayotganini alohida eʼtirof etib, köp qirrali aloqalarni kengaytiriş, mintaqaviy xavfsizlik, zamonaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, taʼlim sohasida hamkorlikni yuksaltirişdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Kunning ikkinçi yarmida mehmonlar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, Axborot-resurs markazi, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida bölib, sönggi yillarda amalga oşirilgan ulkan islohotlar va tinglovçi-kursantlar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar hamda nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaş maqsadida taʼlim jarayoniga kiritilgan yangi mexanizmlar bilan yaqindan tanişdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech