Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TOMONLAR MANFAATLI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIŞGA TAYYOR

12 Dekabr 2022, 21:39

2023

Içki işlar vazirligi akademiyasida AQŞ Milliy mudofaa universitetining Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi (NESA) vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Özbekiston va AQŞ munosabatlarida köp qirrali hamkorlik, özaro hurmat va işonç tamoyillari ustuvorlik kasb etadi. Ayniqsa xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarşi birgalikda kuraşiş, Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, zamonaviy tahdidlarning oldini oliş borasida konstruktiv muloqot muhiti yaratilgan. Şu nuqtai nazardan AQŞ Özbekiston bilan özaro aloqalarni kuçaytirişdan manfaatdor.

Muloqot çoğida özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş bilan birga, tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar muhokama qilindi. Delegatsiya rahbari, strategik tadqiqotlar markazi vakili Rojer Kangas Özbekistonning mintaqa davlatlari hamjihatligi yölidagi faol taşabbuslarini alohida e’tirof etdi.

– Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikning jadal rivojlanayotganidan mamnunman, – dedi R. Kangas. – Hozirgi global şaroitda ta’lim sohasini köp tomonlama hamkorlik integratsiyasini yölga qöymay turib, ravnaq toptirib bölmaydi. Bugungi taşrifdan manfaatli aloqalarni yölga qöyiş orqali barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvçi ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etişni közlaganmiz. Muhimi, har ikki tomonda ham özaro tajriba almaşinuvini kengaytirişga intiliş mavjud.

IIV Akademiyasi rahbari Rustam Xatamov kadrlar tayyorlaş jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etiş, mintaqaviy xavfsizlik yönalişida tadqiqotlar ötkazişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 – Akademiyani rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz. Bu borada jahonning rivojlangan mamlakatlari, jumladan, AQŞ ta’lim muassasalari bilan köpvektorli hamkorlikni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Samimiy muloqotimiz hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş imkonini berdi, – dedi Akademiya rahbari.

Uçraşuvda zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda ilğor tajribalarni almaşiş, jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan tadqiqotlar olib boriş, dolzarb mavzularda seminar-trening va malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş, “ta’limda kömak” tamoyili asosida istiqbolli dasturlarni işlab çiqiş, bu borada mavjud imkoniyatlarni samarali işga soliş borasida fikr almaşildi.

Şundan söng mehmonlar Akademiya infratuzilmasi bilan yaqindan tanişdilar. AQŞlik mutaxassislarga ta’lim jarayoni, mutaxassislik yönalişlari, ta’lim maskanining ilmiy salohiyati, öquv jarayoniga joriy qilingan yangi yondaşuvlar haqida ma’lumot berildi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi, sport majmuasi, Axborot-resurs markazida yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Kunning ikkinçi yarmida Rojer Kangas, Hasan Abbos va Mişel Xansen tomonidan professor-öqituvçilar hamda magistratura tinglovçilari uçun “Mintaqaviy va transçegaraviy tahdidlarning oldini oliş” mavzuida master-klass maşğuloti ötkazildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech