Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tinglovchilar malakaviy amaliyot o‘tashdi

23 Fevral 2022, 10:02

1081

Ichki ishlar organlari uchun yuksak kasbiy bilim va ko‘nikmaga ega boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida joriy o‘quv yilidan boshlab IIV Akademiyasining magistraturasi tashkil qilingan edi.

Hozirda ta’limning mazkur bosqichida “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisliklari bo‘yicha rahbar xodimlar tayyorlanmoqda. O‘quv jarayoni modulli tizim asosida, o‘qitishning samarali yondashuvlari yordamida olib borilmoqda.

21-22-fevral kunlari magistratura tinglovchilari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Angren tumanlari Ichki ishlar boshqarmalarida malakaviy amaliyot tashkil etildi. Mashg‘ulot jarayonida ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, xavfsiz turizmni ta’minlashda mavjud kuch va vositalarni muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Tinglovchilar tizimga joriy qilingan raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar faoliyatini ko‘zdan kechirib, shaxsiy tarkibning kasbiy, jangovar-jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech