Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Terrorizm – global tahdid

24 Fevral 2022, 10:02

1797

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish jahon hamjamiyati tomonidan global masala sifatida tan olingan. Mazkur sohadagi amaliy sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

IIV Akademiyasida “Terrorizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi vakillari, shuningdek ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi terrorizmga qarshi kurashishda O‘zbekiston yondashuvlarining xalqaro-siyosiy ahamiyati, bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish omillari, terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish, buzg‘unchi g‘oyalar kirib kelishida kiberxavfsizlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashishda idoralararo va xalqaro hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, aholi, ayniqsa yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish kabi muhim masalalar doirasida vazifalar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech