Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreyaga taşrif buyurdi.
Özbekiston va Koreya Respublikalarini köp asrlik tarix, özaro hurmat va işonç tamoyillariga asoslangan mustahkam aloqalar boğlab turadi. Davlatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganidan söng ikki tomonlama aloqalar zamonaviy taraqqiyotning muhim sohalarida jadal rivojlandi. Xususan, global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar böyiça strategik hamkorlik mustahkamlandi.
Bugungi kunda tomonlar xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş, yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş masalasiga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu borada Içki işlar vazirligi va Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi, şuningdek Içki işlar vazirligi Akademiyasi hamda Koreya milliy politsiya universiteti örtasida imzolangan Anglaşuv memorandumlari köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş, kadrlar malakasini oşiriş hamda ta’lim tizimida özaro tajriba almaşinuvini kengaytirişga xizmat qilayotganini ta’kidlaş joiz.
Koreya milliy politsiya universitetida bölib ötgan navbatdagi uçraşuv ikki tomonlama kelişuvlarning amaliy natijadorligini oşiriş va istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oşiriş yölida ğoyat samarali böldi.
Uçraşuv avvalida Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti janob Li Çyol Gu va Içki işlar vazirligi akademiyasi rahbari Rustam Xatamov davlatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini qutladi.
– Biz milliy mentaliteti, madaniyati va qadriyatlari bir-biriga öxşaş xalqlarmiz, – dedi janob Li Çyol Gu. – Köhna Samarqand şahridagi noyob suratlar diplomatik aloqalar ildizi Buyuk Ipak yöli davridan boşlanganini körsatadi. Muştarak aloqalarning bunday iliq tarzda davom etib kelayotgani ikki buyuk millat vakillarining tarixan yaqinligini körsatadi. Biz Özbekiston va bu zaminda yaşayotgan bağrikeng xalqingizga alohida samimiyat bilan qaraymiz. Taqdir taqozosi tufayli yurtingizga borib qolgan minglab koreys vatandoşlarimiz bugun Özbekistonning ajralmas bir bölagiga aylangani, jamiyatning turli jabhalarida mehnat qilayotgani e’tirofga sazovor.
Öz navbatida, Içki işlar vazirligi akademiyasi rahbari Rustam Xatamov strategik hamkorlikning ijobiy holatiga faol muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli erişilganini alohida ta’kidladi.
– Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy etgan, ulkan ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlatlardan biri sanaladi, – dedi u. – Mamlakatning öziga xos rivojlaniş yöli, ta’lim sohasidagi ilğor yutuqlarini e’tirof etiş joiz. Hozir Özbekistonda Koreyaning Inxa, Puçon, Yoju, Aju universitetlari filiali va Koreya xalqaro universiteti samarali faoliyat yuritmoqda. Şular qatorida ta’lim muassasalarimiz örtasidagi hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Murakkab pandemiya şaroitiga qaramay, manfaatli munosabatlarni izçil rivojlantirişga intildik va ijobiy natijalarga erişdik. Bugungi muloqotimiz erişilgan kelişuvlar samarasini sarhisob etiş va hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab oliş imkonini beradi.
Muloqot çoğida tomonlarni qiziqtirgan köplab masalalar muhokama qilindi. Global tahdidlar kuçayib borayotgan murakkab şaroitda Koreyaning ilğor jihatlarini örganiş muhimligi ta’kidlanib, kelgusida IIV Akademiyasi professor-öqituvçilarining Koreya milliy politsiya universitetida malaka oşirişini taşkil etiş, kiberxavfsizlik, IT-texnologiya böyiça mutaxassislarni öquv maşğulotlariga jalb etiş, dolzarb mavzularda seminar-trening, master-klass maşğulotlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar ötkaziş, ta’lim jarayonida kursantlar almaşinuvini yölga qöyiş borasida takliflar muhokama qilindi. Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti janob Li Çyol Gu köp tomonlama aloqalarni rivojlantirişga tayyor ekanini bildirdi.
Koreya Respublikasi bilan hamkorlikning eng ustuvor yönalişlaridan biri raqamli va axborot texnologiyalaridir. Xizmat safari davomida Koreya milliy politsiya universiteti, sohilböyi mudofaa korpusi va politsiya maxsus kuçlari bölimi, Uçuvçisiz uçiş qurilmalari öquv markazi hamda Koreya transport xavfsizligi boşqarmasi qoşidagi Simulyatsiya öquv markazi faoliyati örganilib, amaliyotga tatbiq etilgan ilğor yondaşuvlarni ommalaştiriş, özaro tajriba almaşiş borasida fikr almaşildi.
Muxtasar qilib aytganda, Özbekiston va Koreya hamkorligining izçil rivojlanayotgani huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaş jarayonini zamon talablari darajasida yölga qöyiş imkonini bermoqda. Samarali muloqotlarning amaliy natijasi muştarak manfaatlarga xizmat qilayotgani bilan e’tiborga molik.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati