IIV Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va uluğ sarkarda” mavzuida tadbir ötkazildi.
Taniqli aktyor Ma’ruf Otajonov iştirok etgan uçraşuvda buyuk sarkardaning hayoti va faoliyati, Amir Temur va temuriylar davrining jahon tamadduniga qöşgan hissasi, uluğ ajdodlarimiz tarixiy merosini örganiş, ular nomini abadiylaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususda söz bordi.
– Dunyo miqyosida Amir Temur şaxsiyati, uning saltanatni boşqariş san’ati, sarkardalik mahorati, harbiy strategiyasiga qiziqiş nihoyatda yuqori. Masalan, “Temur tuzuklari” bir neça asrlar hukmdorlar uçun muhim qöllanma vazifasini bajargan, – dedi Ma’ruf Otajonov.
Uçraşuv davomida aktyor ijodiy faoliyati, xususan, “Mirzo Uluğbek. Osmon toqiga qöyilgan narvon” hujjatli filmidagi Amir Temur roli haqida kursant yoşlarga gapirib berdi.
– Tanlovda mendan oldin beşta aktyor qatnaşgan. Hatto, dunyo miqyosida kasting uyuştirilgan. Jahon kinoyulduzlaridan Bred Pitt, Silvester Stallone, Amitabh Baççan, Halit Ergençni taklif qilişmoqçi bölişgan. Oxir-oqibat, uşbu rolni gavdalantiriş menga nasib qildi. Rejissyor Bahodir Yöldoşev tomonidan suratga olingan filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi dunyoga maşhur san’atkorlar, şuningdek Javohir Zokirov, Hoşim Arslonov singari özimizning taniqli aktyorlar rol ijro etgan, – deya xotirlaydi u.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati