Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Sankt-Peterburg akademiyasi MDHdagi yetakçi ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Soha uçun malakali mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaşgan uşbu maskanda öqitişning samarali yondaşuvlari tatbiq qilingan.
Hamkorlik memorandumi asosida “Talonçilik jinoyatini tergov qilişning öziga xos xususiyatlari: Rossiya tajribasi misolida” mavzuida ötkazilgan onlayn master-klass maşğulotida IIV Akademiyasining “tergov faoliyati” ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar bilan birga, mutaxassislik kafedrasi professor-öqituvçilari iştirok etdi. Maşğulotni Sankt-Peterburg akademiyasining Jinoyat protsessi kafedrasi dotsenti, polkovnik Dmitriy Işenko, Rostov filiali Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi dotsenti, polkovnik Vyaçeslav Lavrinov hamda Kriminalistika kafedrasi boşliği, polkovnik Valentina Osyak olib bordi.
Tajribali mutaxassislar dastlab Rossiya va Özbekiston jinoyat qonunçiligining ayrim jihatlariga töxtalib, talonçilik qilmişi uçun nazarda tutilgan javobgarlik masalasini tahlil qildilar. Şundan söng talonçilik va bosqinçilik jinoyatlarining kriminologik hamda jinoiy-huquqiy tavsifi, ularning sodir etilişiga imkon beruvçi şart-şaroitlar, jamiyat uçun xavfli bu kabi qilmişlarni foş etişda tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergovni taşkil etiş, hodisa joyini közdan keçirişda e’tibor qaratilişi zarur bölgan jihatlar, tergov jarayonida protsess iştirokçilarining huquq va erkinliklarini ta’minlaş, şuningdek isbotlanişi zarur bölgan holatlar doirasini aniqlaş va ular böyiça ötkazilişi talab etiladigan tergov hamda protsessual harakatlar ketma-ketligini belgilaş, sud-tergov amaliyotida uşbu qilmişlarga huquqiy baho berişning muhim xususiyatlari yoritib berildi.
Onlayn muloqot yakunida özaro tajriba almaşinuvini faollaştiriş, mavjud öquv-metodik bazalar imkoniyatidan samarali foydalaniş, dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy anjumanlar ötkazişga kelişib olindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati