Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sulton Jaloliddin haqida spektakl

25 May 2023, 21:45

2374

“Ma’naviyat oyligi” doirasida IIV Akademiyasi kursantlari “Qiliç va qismat” spektaklini tomoşa qildilar.

Taniqli ijodkor Sirojiddin Rustamovning şu nomli tarixiy asari asosida sahnalaştirilgan spektaklda rollarni Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ijro etişdi.

Möğullar istilosi davrida Xorazmşohlar saltanatida yuz bergan murakkab voqealar, buyuk vatandoşimiz Jaloliddin Manguberdining yurt ozodligi yölida duşmanga qarşi olib borgan jasoratli kuraşi haqida hikoya qiluvçi sahna asari muxlislar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olindi.

Mardligi va mislsiz qahramonligi bilan nom qozongan tarixiy siymolarimiz hayoti va faoliyatiga bağişlangan bu kabi sahna asarlari kursant yoşlarning vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi, şubhasiz.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech