IIV Akademiyasida “Xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi vakillari, Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimizning “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati, tizimdagi ustuvor vazifalar va ularning ijrosi bo‘yicha fikr almashildi.
Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan atroflicha javob oldilar. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga oid bildirilgan taklif hamda tavsiyalar davra suhbatining ahamiyatini oshirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati