IIV Akademiyasida “Sud-ekspertlik faoliyatining xolisligi va mustaqilligini ta’minlaş: muammo va yeçimlar” mavzuida davra suhbati ötkazildi.
Respublika sud ekspertizasi markazi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda sud ekspertlik faoliyati samaradorligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz bordi.
Markaz bölim boşliği Niyora Saitovaning ta’kidlaşiça, davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-iyuldagi “Özbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirişning 2021–2025-yillarga möljallangan konsepsiyasi va uning ijrosiga qaratilgan “Yöl xaritasi” tasdiqlangan. Uşbu konsepsiyada sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlaş, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillaştirib boriş, sud-ekspertlik faoliyatini kengaytiriş hamda sud ekspertizalarining sifati va işonçliligini oşiriş, nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantiriş va boşqalar belgilandi.
Oçiq muloqotda sohadagi muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq qiliş, sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirişning asosiy yönalişlarini şakllantiriş, kadrlar malakasini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi. Soha vakillari, professor-öqituvçilar, şuningdek mazkur ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatining xolisligi va mustaqilligini ta’minlaşga oid normativ-huquqiy hujjatlarni milliy hamda xorijiy tajribaning ilğor yutuqlari asosida takomillaştiriş borasida taklif-tavsiyalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati