Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida sport musobaqalariga start berildi.
Prezidentimizning besh muhim tashabbusini yanada ommalashtirish, ichki ishlar organlarida sog‘lom hayot tarzi va jismoniy faollikni oshirish tadbirning asosiy maqsadi sanaladi.
19-martga qadar davom etadigan musobaqada xodimlar va kunduzgi ta’lim kursantlari minifutbol, suzish, yengil atletika, shaxmat-shashka, ko‘pkurash hamda jangovar ko‘rgazmali chiqishlar bo‘yicha bahs olib boradilar.
G‘olib va sovrindorlar Navro‘z ayyomi arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati