Buyuk alloma Ibn Sino bemorlarni davolashda tarbiyaga, ya’ni psixogigienaga alohida e’tibor qaratgan ekan. Chindan ham, sog‘lom turmush tarziga amal qilish inson organizmidagi har qanday xastalikning oldini olishga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasining Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda sog‘lom hayot tarziga amal qilish qoidalari targ‘ib qilindi. Mutaxassislar salomatlikni mustahkamlash omillari, xususan, shaxsiy gigienaga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish, faol jismoniy harakatda bo‘lish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, yuqumli kasalliklardan himoyalanish va organizm uchun zararli odatlardan voz kechish borasida o‘z tavsiyalarini berdilar.
Har bir inson sog‘lig‘i uchun, avvalo, o‘zi qayg‘urishi, tibbiy madaniyatini muntazam oshirib borishi, kasallikni shifokor-mutaxassis tavsiyasi asosida davolashi lozimligi ta’kidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati