Hududiy içki işlar organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosarlari uçun qisqa muddatli öquv yiğini taşkil etildi.
Öquv yiğinining dastlabki kuni Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib ötdi. Tajribali professor-öqituvçilar tomonidan “Tuman (şahar) içki işlar organlari boşliqlarining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosarlari faoliyatini samarali taşkil etiş usullari” mavzuida binar ma’ruza, “Içki işlar organlari xodimlarining xalq bilan muloqot qiliş va murojaatlar bilan işlaş faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar”, “Rahbarning jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta’siri, xodimlar örtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga keltirişdagi roli” mavzularida seminar-trening, şuningdek “Rahbarning omma ongi bilan işlaş metodlari, ommaviy axborot vositalari
va blogerlar bilan işlaş texnikalari” mavzuida ijtimoiy-psixologik trening ötkazildi. Şundan söng Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasining ma’naviy-ma’rifiy işlarni taşkil etiş böyiça tajribalari örganildi.
Ta’kidlaş joizki, 4-noyabrga qadar davom etadigan öquv yiğini mobaynida Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutida seminar-treninglar, Toşkent şahar IIBB, Böstonliq tumani hamda Angren şahri IIBda amaliy maşğulotlar taşkil etiş nazarda tutilgan. Öquv yiğini yakunida xodimlardan sinov qabul qilinadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati