Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi yoshlarni kamol toptirishda muhim poydevor bo‘lmoqda.
“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida o‘tkazilgan uchrashuv Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlarning kasbiy fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Uch avlod uchrashuvi” mehmonlari – iste’fodagi general-mayor Jabbor Kamolxodjayev va Habibullo Hojimatovlar ko‘p yillik tajribalarida erishgan yutuqlari, osoyishtalikni ta’minlash mas’uliyati, kasb mashaqqatini yengish va burchga sodiq bo‘lishning yuksak qadr-qimmati haqida so‘zlab berishdi.
Faxriy ustozlarning ibratli maslahatlari, nasihat va o‘gitlari tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati