Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sirtqi ta’lim: samarali yondaşuvlar tatbiq qilinmoqda

7 Noyabr 2022, 21:47

2328

Bugun, 7-noyabr kunidan Akademiyaning sirtqi ta’lim yönalişi 2-bosqiçiga qabul qilingan tinglovçilar uçun öquv jarayonlari boşlandi.

Sirtqi ta’lim fakulteti boşliği, polkovnik Baxtiyor Rajabovning aytişiça, öquv yili rejasi asosida oliy ma’lumotga ega bölgan tinglovçilar bilan 84 soat, oliy ma’lumotga ega bölmagan tinglovçilar bilan 60 soat maşğulot taşkil etiladi. Maşğulotlarga tajribali professor-öqituvçilar bilan bir qatorda, huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tajribali mutaxassislarini jalb etiş rejalaştirilgan.

2022/2023-öquv yilining birinçi yarim yilligi yakunida tinglovçilardan “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Jinoyat huquqi”, “Kriminalistik taktika va metodika”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Mehnat huquqi”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Harbiy-xizmat tayyorgarligi”, “Maxsus texnika va aloqa vositalari”, “Pedagogika. Psixologiya”, “Dinşunoslik. Diniy aqidaparastlik ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Kriminalistika“, “Kriminologiya”, “Sud tibbiyoti va psixiatriyasi”, “Birinçi tibbiy yordam asoslari va valeologiya” hamda “Amaliy özbek tili va adabiyoti” fanlari böyiça yakuniy nazorat imtihonlari qabul qilinadi.

Öquv jarayonlari joriy yilning 26-noyabriga qadar davom etadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech