IIV Akademiyasida Sirtqi ta’lim fakulteti tinglovçilarining bitiruv marosimiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Davlat madhiyasi ijrosidan söng ta’lim muassasasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov içki işlar organlari tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtaldi.
Ta’kidlab ötilganidek, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida soha faoliyati sönggi yillarda mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqildi. Aholi bilan yaqin hamkorlikda işlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, bu borada mavjud muammolarni manzilli hal etişning samarali mexanizmlari amaliyotga joriy qilindi. Islohotlar natijadorligini yanada oşiriş maqsadida kadrlar tayyorlaş, ularni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, xodimlarning professional salohiyatini yuksaltirib boriş, xizmatda uzluksiz ösişini ta’minlaş hamda ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Akademiya boşliği mamlakatimizda keçayotgan ulkan yangilanişlarni e’tirof etarkan, soha xodimlari xalqimizga halol va vijdonan xizmat qilişi kerakligini ta’kidladi. – Xalqparvar tizim, eng avvalo, inson qadrini uluğlaş, har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, bir söz bilan aytganda, yurtdoşlarimizning dardu taşvişi bilan yaşaş degani. Sizlar zimmangizdagi burç va mas’uliyatni anglagan holda şarafli kasbni tanlagansiz. Kelgusidagi faoliyatingizda davlatimiz tomonidan bildirilgan ulkan işonçni oqlab, xalqimizning tinç-osuda hayotini ta’minlaş yölida yuksak sadoqat bilan xizmat qilişingizga işonaman, – dedi Akademiya boşliği.
Tadbir sönggida öquv dasturlari talablarini töliq özlaştirib, yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topşirgan tinglovçilarga “jinoyatlarning oldini oliş va foş etiş faoliyati” mutaxassisligi böyiça “yurist” malakasini beruvçi diplomlar tantanali ravişda topşirildi. Bitiruvçilar nomidan kapitan Abrorjon Ahmedov va katta leytanant Surayyo Abdullayeva söz olib, zamonaviy yondaşuvlar asosida nazariy bilim va amaliy könikmalardan puxta ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildirdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati