18-19-aprel kunlari Toşkent viloyatida “Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida öquv kursi taşkil etildi.
Maşğulotlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov va Içki işlar vaziri örinbosari – Tergov departamenti boşliği Yahyo Abdulhaqovning onlayn videomurojaati bilan boşlandi.
Öquv kursi davomida “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolaşning qattiq, şafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvçi turlariga qarşi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa soliş bilan boğliq qilmişlar sodir etilişining oldini olişga oid qonunçilikning rivojlanişi”, “Qiynoqqa qarşi konvensiyaga oid Fakultativ protokol. Qiynoqlarning oldini olişga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Uşlab turiş, qamoqqa olişga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlaş kafolatlari”, “Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa oliş, xabar berişga oid xalqaro standartlar va Özbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qöllanilişi” mavzuida maşğulotlar ötkazildi.
Tinglovçilar qiynoqqa soliş holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş, qiynoq holatlari töğrisidagi murojaatlarni tezkor va xolisona körib çiqiş, aybdor şaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaş, jabrlanuvçilarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam körsatiş borasida tafsiyalarga ega bölişdi.
Öquv kursi yakunida içki işlar va prokuratura organlarining 60 nafar xodimiga sertifikat berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati