Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Seminar-trening va taqdimot

17 Noyabr 2023, 09:11

785

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Namangan viloyati IIBda seminar-trening tashkil qilindi.

Sayyor mashg‘ulotda sohaviy xizmatlar rahbarlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. O‘quv rejasiga binoan, “Mahallalarda ijtimoiy profilaktika subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish”, “Profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderini berish va order talablarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish mexanizmlari”, “Firibgarlik holatlari yuzasidan ariza va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda ularni malakalashda fuqarolik huquqiga oid mulkiy munosabatlardan farqlash”, “Profilaktika inspektorlari tomonidan alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yoshlar bilan o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarni manzilli va samarali tashkil etish” kabi mavzularda seminar-trening o‘tkazildi. 

Shuningdek  IIV Akademiyasi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash va o‘g‘rilik jinoyatlarining barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech