Toşkentda Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Samarali parlament nazorati mexanizmlarini joriy etişning dolzarb masalalari: Özbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya ötkazildi.
Xalqaro taşkilotlar vakilllari, xorijiy va milliy ekspertlar iştirok etgan anjumanda dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Parlament nazoratini amalga oşiriş mexanizmlari böyiça ilğor tajribalarning öziga xos jihatlari, xususan, yurtimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar e’tirof etildi. Sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqildi.
Konferensiya işida IIV Akademiyasi vakili, yuridik fanlar doktori, professor Ahror Xudoyberdiyev “Parlament nazoratini hududlarda amalga oşirişning huquqiy jihatlari” mavzuidagi ma’ruzasi bilan qatnaşdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati