Ichki ishlar vazirligi akademiyasining ofitserlar, serjant va safdorlar tarkibi xodimlari saf ko‘rigidan o‘tkazildi.
Mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan tadbirda shaxsiy tarkibning xizmat tayyorgarligi tekshirildi. Shuningdek xodimlarga xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya qilish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi hamda Akademiya boshlig‘ining ko‘rsatmalari yetkazildi.
Saf ko‘riklarining muntazam o‘tkazib turilishi soha xodimlarining xizmat va jangovar hushyorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati